Barselona Levandovskiga o'rinbosar izlamoqda

Barselona Levandovskiga o'rinbosar izlamoqda
Nigeriyalik markaziy hujumchi Viktor Osimhen, hozirda Turkiyaning "Galatasaray" jamoasida to'p surayotgan futbolchi, Yevropaning eng yirik klublaridan biriga o'tishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, kataloniyalik "Barselona" afrikalik hujumchini o'z safiga qo'shishni rejalashtirmoqda. Viktor Osimhen "ko'k-anorranglilar" jamoasida tajribali polshalik hujumchi Robert Levandovskining o'rnini egallashi kutilmoqda.

Viktor Osimhennning transfer narxi 75 million yevroga baholanmoqda. Hujumchining Istanbul klubidagi shartnomasi 2029-yilgacha amal qiladi.

Joriy mavsumda 26 yoshli futbolchi 9 o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.