Vinisius Xabi Alonsodan uzr so'radi

Vinisius Xabi Alonsodan uzr so'radi
Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior bosh murabbiy Xabi Alonsodan uzr so'radi. COPE nashrining xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi chorshanba kuni jamoa oldida uzr so'raganidan so'ng, darhol Alonsoga murojaat qilgan.

Klub ichida ushbu masala yopilgan deb hisoblanmoqda. Ma'lumki, "Barselona"ga qarshi o'yinda Vinisius ikkinchi taym davomida zaxiraga olingan edi.

To'rtinchi hakam tablosida o'z raqamini ko'rgan futbolchi bu qarorga norozi bo'lgan. U murabbiyga qo'l uzatmasdan to'g'ridan-to'g'ri kiyinish xonasiga yo'l olgan, biroq bir necha daqiqadan so'ng maydonga qaytgan edi.

Avvalroq Vinisius jamoatchilikka rasmiy uzr bayonoti bergan, ammo unda Xabi Alonsoga murojaat qilmagan edi, bu esa mojarolar haqida mish-mishlar tarqalishiga sabab bo'ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.