Liverpul himoyachisi 6 haftaga safdan chiqdi

Liverpul himoyachisi 6 haftaga safdan chiqdi

Liverpul himoyachisi 6 haftaga safdan chiqdi
Liverpulning o\'ng qanot himoyachisi Jeremi Frimpong yaqin orada jamoasiga yordam bera olmaydi. Gollandiyalik futbolchi Chempionlar ligasi doirasida Frankfurtning Ayntraxt jamoasiga qarshi o‘yinda olgan jarohati sabab oxirgi ikki uchrashuvni o\'tkazib yubordi.

Jurnalist Lyuis Stilning xabariga ko\'ra, 24 yoshli futbolchining yaqin o‘yinlarda maydonga tushishi kutilmayapti – u taxminan 6 hafta davomida safdan chiqadi. Liverpul Jeremi Frimpongni o\'tgan yozda Leverkuzennning Bayer klubidan sotib olgan edi.

Futbolchi Arne Slot jamoasi uchun barcha musobaqalarda 9 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shanba kuni mersisaydliklar o‘z maydonida Premer-liga doirasida Aston Villa jamoasini qabul qilishadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.