Pedro mavsum oxirida Latsiodan ketadi

Pedro mavsum oxirida Latsiodan ketadi

Pedro mavsum oxirida Latsiodan ketadi
Latsio futbolchisi Pedro Rodriges klubni tark etish qarorini eʼlon qildi. Ispaniyalik futbolchi Rim klubi safidagi joriy mavsumni yakunlab, jamoani tark etadi.

Bu haqida u payshanba kuni \"Piza\"ga qarshi o‘yindan keyin maʼlum qildi. Mazkur o‘yin 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

\"Men Latsioning Yevrokuboklarga chiqishini xohlayman, keyin esa ketish vaqti keladi\", – deydi 38 yoshli vinger Fabrisio Romano bilan suhbatda. Pedro 2021-yildan beri \"burgutlar\" safida to‘p surmoqda.

U bunga qadar \"Roma\", \"Chelsi\" va \"Barselona\" jamoalarida o‘ynagan. Kataloniya klubi tarbiyalanuvchisi boʻlgan futbolchi joriy yilning iyul oyida 39 yoshga to‘ladi.

Hozircha u mavsum yakunidan keyin faoliyatini davom ettirishi yoki yakunlashi nomaʼlum.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.