"Chelsi" qizil kartochkalar boʻyicha yetakchi

"Chelsi" qizil kartochkalar boʻyicha yetakchi
Londonning "Chelsi" klubi Angliya chempionatida barcha musobaqalarni hisobga olgan holda qizil kartochkalar boʻyicha katta farq bilan yetakchiga aylandi. Bu haqda Transfermarkt portali maʼlumotlariga asoslanib xabar berilgan.

Joriy mavsumda "Chelsi" jami 14 ta oʻyinda 5 ta qizil kartochka olgan – ulardan 3 tasi chempionatda, qolgan 2 tasi boshqa musobaqalarda. Eng soʻnggi holat Liga Kubogining 1/8 finalida "Vulverhempton"ga qarshi oʻyinda (4:3) roʻy berdi.

Unda Liam Delapning maydondan chetlatilishi bosh murabbiy Entso Mareskaning noroziligiga sabab boʻldi. Taqqoslash uchun, "Liverpul" joriy mavsumda atigi 2 ta qizil kartochka olgan boʻlsa, yana 8 ta klub ("Bornmut", "Manchester Yunayted", "Sanderlend", "Vest Xem", "Byornli", "Vulverhempton", "Aston Villa" va "Nyukasl") atigi bittadan qizil kartochka bilan cheklangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.