Ten Hag yana APLga qaytishi mumkin

Ten Hag yana APLga qaytishi mumkin
«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Erik ten Hag Angliya Premer-ligasining boshqa bir klubida ish boshlashi mumkin. Jurnalist Stiv Braunning xabariga ko‘ra, «Vulverhempton» bosh murabbiy Vitor Pereyrani iste'foga chiqarishni rejalashtirmoqda.

U bilan bundan bir oy oldin 2028-yilgacha bo‘lgan shartnoma uzaytirilgandi. Manbalarga ko‘ra, «bo‘rilar» Ten Hag bilan hamkorlik qilish ehtimolini muhokama qilish uchun aloqaga chiqqan.

Hozirda «Vulverhempton» Angliya chempionati turnir jadvalida to‘qqiz turdan keyin atigi ikki ochko to‘plab, oxirgi o‘rinda bormoqda. Jamoa Liga kubogidan ham chiqib ketdi, unda «Chelsi»ga 3:4 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.