Roma hujumchisi Ferguson jarohat oldi

Italiyaning "Roma" klubi hujumchisi Evan Ferguson jarohat sabab maydondan tashqarida qoldi. Bu haqda Football Italia xabar berdi.
21 yoshli markaziy hujumchi A Seriyaning soʻnggi turida "Parma"ga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Oʻyinning 7-daqiqasida Ferguson raqib futbolchisi bilan toʻqnashib ketdi va maydonni tark etishga majbur boʻldi.
Futbolchining oʻng oyoq toʻpigʻi paylari choʻzilgani aniqlangan. Irlandiyalik hujumchi "Braiton" klubidan "Roma"ga sotib olish huquqi bilan ijaraga olingan edi.
Tahlillarga koʻra, Ferguson kamida ikki hafta davomida safdan chiqadi. U mavsumoldi oʻrtoqlik oʻyinlarida bir necha bor gol urishga muvaffaq boʻlgan, ammo rasmiy oʻyinlarda oʻzini koʻrsata olmay, 10 oʻyinda faqat 1 golli uzatmaga mualliflik qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!21 yoshli markaziy hujumchi A Seriyaning soʻnggi turida "Parma"ga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Oʻyinning 7-daqiqasida Ferguson raqib futbolchisi bilan toʻqnashib ketdi va maydonni tark etishga majbur boʻldi.
Futbolchining oʻng oyoq toʻpigʻi paylari choʻzilgani aniqlangan. Irlandiyalik hujumchi "Braiton" klubidan "Roma"ga sotib olish huquqi bilan ijaraga olingan edi.
Tahlillarga koʻra, Ferguson kamida ikki hafta davomida safdan chiqadi. U mavsumoldi oʻrtoqlik oʻyinlarida bir necha bor gol urishga muvaffaq boʻlgan, ammo rasmiy oʻyinlarda oʻzini koʻrsata olmay, 10 oʻyinda faqat 1 golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













