2017/18 yilgi Chempionlar Ligasi finali Kiyevda o‘tkazilishi mumkin


Ukraina Futbol Federasiyasi UEFAga 2017/18 yilgi Chempionlar Ligasi finalini Kievda o‘tkazishga talabnoma kiritadi.
Matchbay.ua resursi\'ga asoslanib Kun.uz\'ning ma’lum qilishicha, Ukraina barcha kerakli hujjatlarni tayyorlab qo‘ygan. Final “Olimpiyskiy” maydonida o‘tkazilishi rejalashtirmoqda. Mamlakat sharqidagi keskinlikka qaramay, milliy federasiyasi finalni o‘tkazish uchun barcha sharoitlarni yaratib bera olishidan amin.
Bu bo‘yicha qaror shu yilning sentyabrida UEFA ijroiya qo‘mitasida qabul qilinadi.
Bu yilgi mavsum finali 6 iyun kuni Berlin shahrida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













