Gvardiola: Xoland o'yinga tayyor

Gvardiola: Xoland o'yinga tayyor
Erling Xoland sog'lig'idagi muammolar sabab "Siti"ning Liga Kubogi doirasidagi "Suonsi"ga qarshi o'yinida qatnashmadi. Juma kuni Xosep Gvardioladan matbuot anjumanida norvegiyalik futbolchining o'yinga tayyorligi haqida so'rashdi.

"Xoland o'yinga tayyormi? Ha.

Rodri-chi? Hozircha aniq emas, lekin umid qilamanki, u biz bilan maydonga tushadi.

Rodri ham, boshqa 18 futbolchi kabi, o'yinda qatnashishni xohlaydi. U bir necha marta safdan chiqqan, lekin uning jamoamiz uchun naqadar muhimligini hammamiz bilamiz", - dedi Gvardiola jurnalistlarga.

"Manchester Siti" hozirda Premer-liga turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda. Gvardiola shogirdlari birinchi o'rindagi "Arsenal"dan 6 ochko ortda qolmoqda.

Yakshanba, 2-noyabr kuni "Manchester Siti" o'z uyida "Bornmut"ni qabul qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.