Glasner zich jadvaldan norozilik bildirdi

Glasner zich jadvaldan norozilik bildirdi
“Kristal Pelas” bosh murabbiyi Oliver Glasner jamoasining yaqin oradagi zich o‘yin jadvali haqida o‘z fikrlarini bildirdi, deya xabar bermoqda Sky Sports. 11 dekabrdan 18 dekabrgacha bo‘lgan davr mobaynida jamoa 4 ta o‘yin o‘tkazishi kerak bo‘ladi.

11 dekabr kuni “Shelburn”ga qarshi Yevrokubok uchrashuvi, 14 dekabr kuni APL doirasida “Manchester Siti”ga qarshi o‘yin, 16 dekabr kuni Angliya Liga Kubogi chorak finalida “Arsenal”ga qarshi uchrashuv, va nihoyat, 18 dekabrda Konferensiyalar Ligasi doirasida KuPS jamoasiga qarshi bahs. Glasner ushbu jadvalni eshitib hayratda qolganini ta'kidladi.

“Bunday imkoniyat haqida eshitib qulog‘imga ishonmadim. Biz futbolchilarning sog‘lig‘i uchun mas'ulmiz, bu faqat “Pelas” uchun emas.

Bu haqda 3 oy avval gapirgandim. Yaxshi bo‘lardi, agar jadvalni tuzuvchilar yozda birgalikda muhokama qilishganida”, - dedi Glasner.

Hozirda “Kristal Pelas” APL turnir jadvalida 13 ochko bilan o‘ninchi o‘rinda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.