Manchester Yunayted Atletikodan futbolchi ijaraga olishi mumkin

Manchester Yunayted Atletikodan futbolchi ijaraga olishi mumkin

Manchester Yunayted Atletikodan futbolchi ijaraga olishi mumkin
Madridning \"Atletiko\" klubi yarim himoyachisi Konor Gallager \"Manchester Yunayted\"ning qiziqishlar roʻyxatida qolmoqda. \"Qizil iblislar\" yozgi transfer oynasida \"Chelsi\" tarbiyalanuvchisini qoʻlga kiritishga urinishgan edi.

Biroq \"Atletiko\" futbolchini qoʻyib yuborishga tayyor emas edi. Hozirda Gallager Madrid klubining asosiy tarkibida kamdan-kam maydonga tushmoqda.

Shu sababli uning Angliyaga qaytishi yanvar oyida amalga oshishi mumkin. Mashhur jurnalist Fabritsio Romano xabariga koʻra, \"Manchester Yunayted\" 25 yoshli futbolchini joriy mavsum oxirigacha ijaraga olishni jiddiy koʻrib chiqmoqda.

Bu transferning amalga oshishi \"Atletiko\"ning talablariga bogʻliq boʻladi. Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, Konor Gallagerning transfer qiymati 40 million yevro deb baholanmoqda.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha moʻljallangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.