Real va Valensiya: Taxminiy tarkiblar

Real va Valensiya: Taxminiy tarkiblar

Real va Valensiya: Taxminiy tarkiblar
La Liganing 11-turida Madridning \"Real\" klubi o\'z maydonida \"Valensiya\"ni qabul qiladi. Ushbu uchrashuv uchun jamoalarning taxminiy asosiy tarkibi quyidagicha.

\"Real\": Kurtua (darvozabon), Karreras, Xoysen, Militao, Aleksander-Arnold, Gyuler, Tchouameni, Jud Bellingem, Rodrigo, Mbappe, Mastantuono. \"Valensiya\": Agirresabala (darvozabon), Gayya, Kopete, Tarrega, Korreyya, Diego Lopes Noguerol, Pepelu, Gerra, Riyoha, Beltran, Danjuma.

\"Real\" safida Andre Lunin diskvalifikatsiya qilingan bo\'lsa, Dani Karvahal, David Alaba va Antonio Ryudiger jarohat tufayli o\'yinda ishtirok eta olmaydi. \"Valensiya\"da esa Muhtar Dyakabi, Filip Ugrinich, Larji Ramazani va Dimitri Fulkye jarohatlar sabab maydonga tusha olmaydi.

Oldingi turda \"Real\" \"Barselona\"ni 2:1 hisobida mag\'lubiyatga uchratgan bo\'lsa, \"Valensiya\" \"Vilyarreal\"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Turnir jadvalida \"Qirollik klubi\" 27 ochko bilan birinchi o\'rinda, \"Ko\'rshapalaklar\" esa atigi uch barobar kam ballga ega.

\"Real\" va \"Valensiya\" o\'rtasidagi o\'yin bugun, 1-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da \"Santyago Bernabeu\" stadionida boshlanadi. Ushbu uchrashuvning matnli jonli translyatsiyasini o\'tkazib yubormang.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.