Eldor Shomurodovning penaltisi jamoaga g‘alaba keltirdi

Eldor Shomurodovning penaltisi jamoaga g‘alaba keltirdi

Eldor Shomurodovning penaltisi jamoaga g‘alaba keltirdi
Kecha, 31-oktabr kuni Turkiyada futbol chempionatining 11-turi doirasida o‘yin bo‘lib o‘tdi. \"Boshakshahir\" o‘z maydonida \"Kodjaelispor\" jamoasini qabul qildi.

O‘yin deyarli teng kurashda o‘tdi. Biroq \"Boshakshahir\" ko‘proq harakat qildi va 91-daqiqada penalti tepish huquqini qo‘lga kiritdi.

Jamoaning eng yaxshi to‘purari Eldor Shomurodov penaltini amalga oshirdi. Eldor o‘yin so‘nggi daqiqalarida gol urib, jamoasiga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

11-turdan so‘ng \"Boshakshahir\" chempionatda to‘qqizinchi o‘rinni egallab turibdi. Shomurodov esa yetti gol bilan to‘purarlik ro‘yxatida yuqorilab bordi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.