Pol Pogba jarohat haqida bayonot berdi


Monako jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba o\'z jarohati haqida izoh berdi. 32 yoshli futbolchi mashg\'ulotlar paytida jarohat olgan.
\"Xudoning rejalari – eng yaxshi vaqt. Sabr\", – deb yozdi fransiyalik futbolchi o\'zining ijtimoiy tarmoqlarida.
Ta\'kidlash joizki, Pogba Monakoga o\'tganidan beri birorta ham o\'yinda maydonga tushmagan. Fransiya chempionatining o\'n turidan so\'ng, Monako jamoasi 20 ochko to\'plab, musobaqa jadvalida ikkinchi o\'rinda bormoqda.
Jamoa birinchi pog\'onadagi PSJdan bir ochko ortda qolmoqda. Yaqinlashib kelayotgan o\'yinda Monako o\'z maydonida Parij jamoasiga qarshi bellashadi.
Uchrashuv 1-noyabr kuni bo\'lib o\'tadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













