Vieyra "Jenoa" bosh murabbiyligidan bo'shatildi


Fransuz mutaxassisi Patrik Vieyra Genuyaning \"Jenoa\" klubi bosh murabbiyligidan iste\'foga chiqarildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Italiya klubi sobiq murabbiyga qilgan ishlari uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tiladi. Eslatib o\'tamiz, Vieyra o‘tgan yilning noyabr oyidan buyon \"Jenoa\"ni boshqarib kelayotgan edi.
Joriy mavsumda genuyaliklar Italiya chempionatida muvaffaqiyatsiz o‘yin ko‘rsatmoqda. To‘qqiz turdan so‘ng \"Jenoa\" atigi uch ochko to‘plagan va A Seriya turnir jadvalida oxirgi o‘rinni egallab turibdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













