Amorim: Shou Angliya terma jamoasiga loyiqmi?

Amorim: Shou Angliya terma jamoasiga loyiqmi?
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim himoyachi Lyuk Shouning Angliya terma jamoasiga qaytishi ehtimoli haqida fikr bildirdi. 30 yoshli futbolchi joriy mavsumda jarohatlardan xoli bo‘lib, Premer-ligada “qizil iblislar”ning barcha to‘qqizta o‘yinida asosiy tarkibda maydonga tushdi.

“Menimcha, Shou Angliya terma jamoasiga chaqirilishga loyiq, ammo boshqa o‘yinchilar haqida ham shunday deyish mumkin. Men Lyukning terma jamoada o‘ynashini xohlayman, shu bilan birga, u klub safiga qolib, tiklanishi va oldimizdagi o‘yinlarga tayyorlanishi menga ma’qul bo‘lardi”, – dedi Amorim UtdDistrict nashriga bergan intervyusida.

Angliya terma jamoasi JCh-2026 saralashi doirasida 13-noyabr kuni Serbiya va 16-noyabr kuni Albaniya bilan o‘yin o‘tkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.