Flik: "Men Yamal bilan gaplashdim"


\"Barselona\" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Lamin Yamal haqida o\'z fikrlarini bildirdi. So\'nggi vaqtlarda \"ko\'k-anorranglilar\"ning 18 yoshli yulduzi maydondagi muvaffaqiyatlaridan ko\'ra, shaxsiy hayoti va mavsum davomida uni qiynayotgan jarohat bilan bog\'liq muammolari haqida ko\'proq gapirilmoqda.
\"Men Lamin bilan ochiqchasiga suhbatlashdim. Biz bir-birimizga juda samimiy bo\'ldik.
Men har doim uni qo\'llab-quvvatlayman va himoya qilaman. U hali juda yosh\", — dedi Flik matbuot anjumanida.
Yakshanba kuni \"Barselona\" La Liga doirasida \"Elche\"ga qarshi bahs olib boradi. O\'tgan turda kataloniyaliklar \"Santyago Bernabeu\"da \"Real Madrid\"ga 1:2 hisobida mag\'lub bo\'lishgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













