Salahning 250-goli: Yana bir tarixiy natija

Salahning 250-goli: Yana bir tarixiy natija
“Liverpul” hujumchisi Muhammad Salah jamoa safida 250-golini urganidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 33 yoshli futbolchi ushbu tarixiy natijaga “Aston Villa”ga qarshi o‘yinda, birinchi bo‘lim oxirida hisobni ochib erishdi.

Uchrashuv “qizillar”ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. “Bunday buyuk klubda gol urish ajoyib tuyg‘u.

Men hech qachon bu kabi yutuqlarni o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladigan holat sifatida qabul qilmayman. Juda xursandman va o‘zimning natijalarimdan faxrlanaman”, – dedi yulduzli misrlik TNT Sports nashriga bergan intervyusida.

Muhammad Salah 250 golni 415 o‘yinda qayd etgan. U “Liverpul” safida 2017 yil yozidan buyon faoliyat olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, 4 noyabr kuni Arne Slot boshchiligidagi jamoa Chempionlar Ligasi doirasidagi navbatdagi o‘yinda Madridning “Real” klubini o‘z maydonida qabul qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.