Saloh Premyer Ligada Runining rekordini takrorladi

Saloh Premyer Ligada Runining rekordini takrorladi

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh “Aston Villa”ga qarshi o‘yinda hisobni ochdi. Misrlik futbolchi “qizillar” safida barcha musobaqalarda 250-golini urdi.

Bu gol o‘yinning 45-daqiqasida qayd etildi. Squawka ma’lumotlariga ko‘ra, Saloh Premyer Ligada bir klub safida amalga oshirilgan samarali harakatlar bo‘yicha Ueyn Runining rekordini takrorladi — 276.

Mashhur ingliz hujumchisi ushbu natijaga “Manchester Yunayted” safida erishgan edi. Muhammad Saloh “Liverpul” sharafini 2017-yildan beri himoya qilib kelmoqda.

Ueyn Runi esa 2004-yildan 2017-yilgacha “qizil iblislar” safida to‘p surgan. “Liverpul” va “Aston Villa” o‘rtasidagi bugungi uchrashuvning matnli onlayn translyatsiyasi LiveResult.ru portalida olib borilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.