Arne Slot: "Real" bilan o'yin o'zgacha bo'ladi


“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot Yevropa Chempionlar Ligasi doirasida bo\'lib o\'tadigan Madridning “Real” jamoasiga qarshi o\'yin haqida o\'z fikrlarini bildirdi. Shanba kuni mersisaydliklar Angliya Premer-ligasidagi bir necha muvaffaqiyatsizliklardan keyin “Aston Villa”ni 2:0 hisobida mag\'lub etib, g\'alabaga erishdi.
Jamoa esa seshanba kuni o\'z maydonida “Real”ni qabul qiladi. “Chempionlar Ligasi o\'yinlari har doim alohida ahamiyatga ega.
Lekin “Real” bilan bo\'ladigan o\'yinlar bundan-da mashaqqatliroq va o\'zgacha. Bizni juda jiddiy sinov kutmoqda, ammo buning uchun sabrsizlik bilan kutyapmiz”, – dedi Slot “Aston Villa” ustidan qozonilgan g\'alabadan keyingi intervyusida.
“Liverpul” va “Real” uchrashuvi Moskva vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi. “Qizillar” uchta turdan keyin 6 ochko jamg‘argan bo‘lsa, “Real” barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, 9 ochko to‘plagan.













