Amorimga qisqa muddatli transferlar kerak emas


Manchester Yunayted qishda transfer oynasida tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Har doimgidek, \"Qizil iblislar\" ko\'plab yirik futbolchilarga qiziqish bildirmoqda.
Insayder Fabritsio Romano ma\'lumotiga ko\'ra, bosh murabbiy Ruben Amorim klub rahbariyatiga qisqa muddatli kuchaytirishlarga ehtiyoj yo\'qligini aniq tushuntirgan. Portugaliyalik mutaxassis jamoada uzoq muddatli kelajakka ega futbolchilarni ko\'rishni istaydi.
Shunday qilib, murabbiy ijara asosida keladigan futbolchilar variantlarini ma\'qullamasligi ehtimoldan holi emas. Ayni paytda Manchester Yunayted Premer-liga turnir jadvalida 10 turdan so\'ng 17 ochko bilan sakkizinchi o\'rinda bormoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













