Lamin Yamal Mbappening rekordiga yaqinlashmoqda


18 yoshli \"Barselona\" futbolchisi Lamin Yamal La Liga doirasidagi \"Elche\"ga qarshi bahsda (3:1) o\'z hisobiga gol yozdirib qo\'ydi. Endilikda yosh vingerning Ispaniya chempionatida o\'tkazgan 80 o\'yinida 17 ta goli bor.
Opta ma\'lumotlariga ko\'ra, XXI asr boshidan buyon faqat Kilian Mbappe 19 yoshga to\'lgunga qadar Yevropa top-ligalarida undan ko\'proq – 23 ta gol urishga muvaffaq bo\'lgan. Biroq Yamalning bu rekordni yangilash uchun hali imkoniyati katta, chunki u 19 yoshga faqatgina iyul oyida to\'ladi.
Joriy mavsumda Lamin Yamal barcha musobaqalarda \"ko\'k-anorranglilar\" safida 9 o\'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 5 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













