Napoli Kobi Mainuni ijaraga olmoqchi


Manchester Yunayted yarim himoyachisi Kobi Mainu Italiya chempionatiga yoʻl olishi mumkinligi haqida Daily Mirror nashri xabar bermoqda. Manbaga koʻra, 20 yoshli futbolchini Napoli oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda.
Neapolliklar Mainuni qishki transfer oynasida ijaraga olib, keyinchalik sotib olish huquqini qoʻlga kiritish niyatida. Italiya klubi futbolchiga haftasiga 40 ming yevro maosh toʻlashga tayyor.
Yarim himoyachi oʻyin amaliyotini oshirish maqsadida jamoani oʻzgartirishga tayyor ekanligini bildirgan. Joriy mavsumda Kobi Mainu \"qizil iblislar\" safida sakkizta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq boʻldi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













