Salohga Saudiyadan 150 million yevrolik ulkan taklif

Salohga Saudiyadan 150 million yevrolik ulkan taklif

\"Liverpul\"ning yetakchi hujumchisi Muhammad Salohga Saudiya Arabistoni Pro Ligasiga mansub noma’lum klub juda yirik taklif bilan chiqqan. Manbalar xabariga ko‘ra, misrlik yulduzga yiliga 150 million yevro maosh taklif etilgan.

Agar Saloh bu shartnomaga rozilik bersa, u nafaqat Saudiya chempionatida, balki jahondagi eng yuqori maoshli futbolchilardan biriga aylanishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu taklif keyingi yozda “Liverpul”ni tark etish sharti bilan berilgan. Hozircha Salohning javobi ma’lum emas, biroq uning Saudiya klubiga o‘tishi futbol jahonida katta shov-shuvga sabab bo‘lishi mumkin.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.