Saliyaning "Real"ga o'tmaslik sababi ma'lum qilindi

Saliyaning "Real"ga o'tmaslik sababi ma'lum qilindi
Londonning "Arsenal" jamoasi markaziy himoyachisi Vilyam Saliba Madridning "Real" klubi qiziqishi haqida fikr bildirdi. Fransiyalik himoyachi 2026-yil uchun "qaymoqranglilar"ning asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida ko'rib chiqilgan edi.

Biroq Madrid klubi boshqa variantlarga e'tibor qaratishi kerak bo'ladi – sentyabr oyining oxirida Saliba "kanonirlar" bilan shartnomasini 2030-yilgacha uzaytirdi. "Albatta, bunday klubning qiziqishi juda jozibador.

Ammo men avvalo "Arsenal" bilan sovrinlar yutishni xohlayman, keyin esa yangi tajriba haqida o'ylashim mumkin", – deb ta'kidladi Saliba Telefootga bergan intervyusida. London klubining 24 yoshli yulduz futbolchisi transfer qiymati Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, 80 million yevroga baholangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.