Jenoa Sassuoloni magʻlub etdi

Jenoa Sassuoloni magʻlub etdi

Jenoa Sassuoloni magʻlub etdi
A Seriyaning 10-turida \"Sassuolo\" oʻz maydonida \"Jenoa\"ni qabul qildi. Uchrashuv davomida mezbonlar toʻp nazorati boʻyicha ustunlikka ega boʻlishdi, ammo gol urish imkoniyatlari teng boʻldi.

Oʻyinning 18-daqiqasida \"Jenoa\" futbolchisi Ruslan Malinovskiy burchak zarbasi natijasida toʻpni darvozaga kuchli zarba bilan joyladi – 0:1. Tanaffusdan keyingi 47-daqiqada mezbonlar ham burchak zarbasi orqali hisobni tenglashtirdi.

Domeniko Berardi toʻpni darvozaga aniq joylashtirdi – 1:1. Biroq, qoʻshib berilgan vaqtda \"Jenoa\" futbolchisi Leo Estigor Aaron Karikolning uzatmasidan soʻng bosh bilan gol urib, jamoasiga mavsumdagi ilk gʻalabani taqdim etdi – 1:2.

Ushbu gʻalaba \"Jenoa\"ni turnir jadvalining oxirgi oʻrnidan chiqib, 17-oʻrinni egallashiga yordam berdi. \"Sassuolo\" esa hozirgi kunda 10-oʻrinda qoldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.