Sanderlend va Everton o'yinida durang

Sanderlend va Everton o'yinida durang
Angliya premer-ligasining 10-turida "Sanderlend" va "Everton" jamoalari oʻzaro kuch sinashdi. Kutilmaganda turnir jadvalining yuqori pogʻonalarida joylashgan "Sanderlend" mezbonlik qilgan uchrashuvda birinchi boʻlimda mehmonlar ustunroq koʻrindi.

Oʻyinning 15-daqiqasida "Everton" futbolchisi Ilman Ndiaye oʻng qanotdan hujumni boshlab, jarima maydoniga kirib, chap burchakka aniq zarba yoʻlladi va hisobni ochdi — 0:1. Birinchi boʻlimda "Sanderlend" hujumda bir necha xavfli vaziyatlar yaratgan boʻlsa-da, gol ura olmadi.

Ikkinchi boʻlimning 46-daqiqasida "Sanderlend" oʻyinchisi Granit Jaka uzoq masofadan zarba yoʻlladi, toʻp "Everton" himoyachisi Jeyms Tarkovskiyga tegib, darvoza toʻriga borib tushdi — 1:1. Shundan soʻng har ikki jamoa gol urishga harakat qildi, ammo natijada oʻyin durang bilan yakunlandi.

Mazkur durangdan soʻng "Sanderlend" 18 ochko bilan "Liverpul" va "Bornmut" bilan birgalikda 3-oʻrinni boʻlishib turibdi. "Everton" esa 12 ochko bilan 13-oʻrinni egallab turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.