Kristensen yana jarohat oldi

Kristensen yana jarohat oldi
Barcelona markaziy himoyachisi Andreas Kristensen yaqin kunlarda jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda Marca xabar berdi.

Kristensen yaqinda mushaklaridagi noqulaylik tufayli La Liganing Real va Elche jamoalariga qarshi ikki o'yinini o'tkazib yuborgan edi. Manbaga ko'ra, qaytganidan bir kun o‘tib, Daniyalik futbolchi yana jarohat olgan.

Shu sababli u 5-noyabr kuni Belgiya klubi Bryuggega qarshi Chempionlar Ligasining to‘rtinchi tur uchrashuvida maydonga tusha olmaydi. Joriy mavsumda Kristensen to‘qqizta o‘yinda maydonga tushgan, ammo biror samarali harakat qayd etmagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.