Ronaldu Arsenalni APL chempioni deb bilmoqda

Ronaldu Arsenalni APL chempioni deb bilmoqda
Krishtianu Ronaldu 2025/2026-yilgi mavsumda Angliya Premyer-ligasi chempionligi uchun kurash borasida o'z fikrlarini bildirdi. Portugaliyalik futbolchining fikriga ko'ra, bu mavsumda "Arsenal" chempion bo'lishi mumkin.

"Premyer-ligada top jamoalar o'rtasidagi farq juda kichik. Bu ligada nima bo'lishini hech qachon oldindan bilib bo'lmaydi, chunki bu juda murakkab chempionat.

Balki bu yil 'Arsenal'ning yili bo'lar. Ular bunga qodir.

Bu ehtimoldan xoli emas. Ko'ramiz", - dedi Ronaldu Pirs Morgan bilan intervyuda.

Shuningdek, Ronaldu "Manchester Yunayted" bu mavsumda Premyer-ligani yutolmasligini ta'kidladi. "Arsenal" so'nggi marta Angliya chempioni unvonini 2004-yilda qo'lga kiritgan edi.

Hozir esa "to'pchilar" eng yaqin ta'qibchisidan olti ochko oldinda peshqadamlik qilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.