Liverpul Realning transfer nishonini qoʻlga kiritmoqchi


Angliyaning \"Liverpul\" klubi \"Kristal Pelas\" yarim himoyachisi Adam Uorton transferi boʻyicha \"Real\" bilan raqobatdan qochmoqchi. Defensa Central xabariga koʻra, mersisaydliklar Uortonni tezroq oʻz safiga qoʻshib olish uchun istalgan shartlarga tayyor.
Ushbu futbolchiga \"Chelsi\", \"Manchester Siti\", \"Arsenal\" va \"Manchester Yunayted\" ham qiziqish bildirmoqda. 21 yoshli Uorton joriy mavsumda barcha musobaqalarda 13 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta golli uzatma amalga oshirgan.
Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, yarim himoyachining narxi 60 million yevroga baholanmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













