Manchester Yunayted Bornmut yulduzini sotib olishi mumkin


Bornmut klubining vingeri Antuan Semenyo o\'z faoliyatini Manchester Yunaytedda davom ettirishi mumkin. TEAMtalk nashrining xabariga ko\'ra, Manchester Yunayted skautlari mavsum boshidan beri 25 yoshli futbolchining o\'yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Ma\'lumotlarga qaraganda, \"qizil iblislar\" futbolchi uchun taxminan 68 million yevro taklif qilishga tayyor. Avvaliga bu transfer yoz mavsumiga rejalashtirilgan edi, biroq agar Semenyo o\'zining yorqin o\'yinlarini davom ettirsa, kelishuv yanvarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Joriy mavsumda Semenyo Angliya Premer-ligasida o\'nta o\'yinda maydonga tushib, oltita gol urgan va uchta golli uzatma amalga oshirgan. Futbolchining Bornmut bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo\'ljallangan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













