“Liverpul” - “Real” o‘yini qahramoni aniqlandi

“Liverpul” - “Real” o‘yini qahramoni aniqlandi
Seshanba oqshomida Chempionlar ligasi umumiy bosqichining to‘rtinchi turi doirasida “Liverpul” va “Real” jamoalari o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tdi. Arne Slot boshchiligidagi jamoa 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona golning muallifi yarim himoyachi Aleksis Mak Allister bo‘ldi. Mak Allister “Enfild” stadionida o‘tgan mazkur bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Yakuniy hushtakdan so‘ng argentinalik futbolchiga maxsus mukofot topshirildi. Chempionlar ligasining to‘rt turidan so‘ng “Liverpul” hisobida 9 ochko mavjud.

Arne Slot jamoasi ushbu musobaqaning navbatdagi turida 26-noyabr, chorshanba kuni PSVni o‘z maydonida qabul qiladi. “Real” ham hozircha 9 ochko to‘plagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.