Flik "Barselona"ni tark etishi mumkin

Flik "Barselona"ni tark etishi mumkin
Ispaniyada Xans-Diter Flikning joriy mavsum soʻngida "Barselona"ni tark etishi mumkinligi haqida gap-soʻzlar tarqalmoqda. Germaniyalik murabbiy allaqachon oʻz murabbiylar shtabidagi hamkasblariga ishidan charchaganini va kelasi yil yozida faoliyatini yakunlashni rejalashtirayotganini maʼlum qilgan, deb xabar beradi The Touchline nashri ABC gazetasiga tayanib.

Shunga qaramay, manbaga koʻra, ABC – Madrid gazetasi boʻlgani uchun xulosa chiqarishdan oldin boshqa manbalardan tasdiqni kutish maqsadga muvofiq. Xans-Diter Flik 2024 yil yozida Xavi Ernandes oʻrniga "Barselona" bosh murabbiyi lavozimini egallagandi.

Bugun "koʻk-anorranglilar" Chempionlar ligasi doirasida Belgiya klubi "Bryugge"ga qarshi oʻyin oʻtkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.