Garet Beyl: "Real"ga hujumdagi sifat yetishmadi


Madridning \"Real\" klubi sobiq futbolchisi Garet Beyl Chempionlar ligasi doirasida \"Liverpul\"ga qarshi o\'yin natijasini izohladi. 4-noyabr kuni Liverpulda bo\'lib o\'tgan turnirning guruh bosqichi to\'rtinchi tur uchrashuvi mezbonlarning 1:0 hisobidagi g\'alabasi bilan yakunlandi.
\"Hujumda odatda \"Real\" futbolchilaridan kutiladigan sifat yetishmadi. Balki ularga hujum chizig\'ida asosiy tayanch bo\'ladigan markaziy hujumchi – klassik \"to\'qqizlik\" yetishgandir\", – dedi Beyl CBS Sportsga bergan intervyusida.
Hozirgi kunda Xabi Alonso boshqaruvidagi jamoa Chempionlar ligasi turnir jadvalida 9 ochko bilan beshinchi o\'rinda bormoqda. \"Liverpul\" ham shuncha ochko to\'plagan holda oltinchi o\'rinni egallab turibdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













