Mourinyo: "Nyukasl" mag'lubiyatidan keyin yaxshi javob berdik


Portugaliyaning \"Benfika\" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Germaniyaning \"Bayer\" klubiga qarshi o\'yin oldidan matbuot anjumani o\'tkazdi. Chempionlar ligasi to\'rtinchi tur uchrashuvi 5-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
\"Biz turnir jadvalida kurashmoqdamiz va ular ham shunday. Bu biz uchun muhim o\'yin.
Agar biz uni yutmasak, vaziyat yanada qiyinlashadi. \"Nyukasl\"dan uchralgan mag\'lubiyatdan so\'ng yaxshi javob bera oldik — ketma-ket uchta o\'yinda g\'alaba qozondik, yaxshi o\'ynadik, gol urdik va gol o\'tkazmadik\", — deydi murabbiy klubning rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Mourinyo muxlislarni jamoani faolroq qo\'llab-quvvatlashga chaqirdi. \"Stadion odamlar bilan to\'lganida, ular faqat o\'yinni tomosha qilish uchun kelishadi.
Ammo stadion o\'yinga jon kuydiradigan odamlar bilan to\'lsa, bu mutlaqo boshqa narsa bo\'ladi\", — dedi u. \"Benfika\" hozirda 0 ochko bilan 35-o\'rinda bormoqda, \"Bayer\" esa 2 ochko jamg\'arib, 29-o\'rinni egallab turibdi.













