Kiryakov: Qarabogʻ Yevropa grandlaridan choʻchimaydi

Kiryakov: Qarabogʻ Yevropa grandlaridan choʻchimaydi

Kiryakov: Qarabogʻ Yevropa grandlaridan choʻchimaydi
Rossiyalik murabbiy Sergey Kiryakov Qarabogʻ jamoasining joriy Chempionlar Ligasi mavsumidagi imkoniyatlariga toʻxtalib oʻtdi. \"Dastlab Qarabogʻ Chempionlar Ligasida autsayder boʻladi, deb oʻylangandi.

Ammo Ozarbayjon chempionati umuman olganda kuchli ekanligi koʻrinib turibdi. Ularning chempioni Yevropaning eng kuchli klublari fonida oʻzini yoʻqotmayapti.

Menimcha, ular pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatiga ega\", — deydi mutaxassis \"Chempionat\" nashriga bergan intervyusida. Hozirda Ozarbayjon jamoasi Chempionlar Ligasi jadvalida 15-oʻrinda, 6 ochko bilan joylashgan.

Ozarbayjon chempionatida esa Qarabogʻ 20 ochko bilan 2-oʻrinni egallab turibdi. Bugun, 5-noyabr kuni, Gurban Gurbanov shogirdlari Chempionlar Ligasi guruh bosqichining toʻrtinchi turida \"Chelsi\"ga qarshi maydonga tushadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.