Samorano: Yamal Real uchun mos emas

Samorano: Yamal Real uchun mos emas

Samorano: Yamal Real uchun mos emas
Sobiq \"Real\" futbolchisi Ivan Samorano Madrid klubi uchun Lamin Yamalni sotib olishni istamasligini ma\'lum qildi. \"Men Yamalni \'Real\'ga olmasdim.

U yulduz, lekin unda \'Real\' futbolchisiga xos ruh yoki mohiyat yo\'q. \'Real\' – bu sinf va madaniyatga ega jamoa, va uning futbolchilari buni namoyon etishi kerak.

Men hech qachon Messining \'Real\'ni o\'g\'rilikda ayblaganini eshitmaganman – axir u dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo\'lgan\", – dedi Samorano \"El Cafelito\" dasturida. Eslatib o‘tamiz, yaqinda bo‘lib o‘tgan \"El Klasiko\"dan oldin Lamin Yamalni \"Real\"ni Ispaniyaning Medialiga jamoasiga qiyoslash so‘ralgan edi.

Futbolchi, \"haqiqatan ham o‘xshashlik bor, ular o‘g‘irlaydi va doim shikoyat qiladi\", degan edi. \"Barselona\" Madridda mag‘lubiyatga uchragach, Yamalning ushbu gaplari yana eslanib, keng muhokama qilindi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.