Garnachoning Chempionlar Ligasidagi noyob natijasi


Alejandro Garnacho Chempionlar Ligasi doirasida \"Chelsi\" safida o\'zining ilk golini urdi. 21 yoshli argentinalik futbolchi bugungi \"Qarabagʻ\"ga qarshi uchrashuvning 53-daqiqasida gol kiritib, o\'yin natijasini 2:2 holatida yakunladi.
Squawka ma\'lumotlariga ko\'ra, Garnacho Chempionlar Ligasi tarixida 22 yoshga to\'lmasdan turib ikki xil ingliz klubida gol urishga muvaffaq bo\'lgan birinchi futbolchi sifatida qayd etildi. Bungacha u \"Manchester Yunayted\" tarkibida ham gol urishga erishgan edi.
Alejandro Garnacho o\'tgan yozda \"qizil iblislar\"ni tark etib, \"ko\'klar\" safiga qo\'shilgan. London klubi safida u joriy mavsumda jami to\'qqizta o\'yinda ishtirok etib, ikkita gol urishga muvaffaq bo\'ldi.
\"Chelsi\" jamoasi Chempionlar Ligasi umumiy bosqichida to\'rt turdan so\'ng yetti ochko jamgʻarib, musobaqa jadvalida o\'ninchi o\'rinni egallab turibdi.













