Barselona 12 yildagi eng yomon seriyani qayd etdi


Barselona yana darvozasi daxlsizligini saqlab qola olmadi. Bu safar Kataloniya klubi Yevropa Chempionlar ligasi doirasidagi oʻyinda Brugge klubidan 17-daqiqagacha ikki bor gol oʻtkazib yubordi.
Opta maʼlumotlariga koʻra, \"koʻk-anorranglilar\" ketma-ket toʻqqizta oʻyinda barcha turnirlarda kamida bitta gol oʻtkazib yuborishmoqda. Bu jamoa uchun 2013-yil mart oyidan beri kuzatilgan eng yomon koʻrsatkichdir.
Mazkur davr mobaynida Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa jami 14 ta gol oʻtkazib yuborgan. Soʻnggi marta Barselona darvozasi daxlsizligini 21-sentabr kuni Getafe ustidan La Ligada 3:0 hisobida qozonilgan gʻalabada saqlab qolgandi.
Brugge va Barselona oʻrtasidagi oʻyin matniy translyatsiyasini LiveResult.ru saytida kuzatishingiz mumkin.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













