Estevao Chempionlar Ligasi rekordini o'rnatdi

Estevao Chempionlar Ligasi rekordini o'rnatdi

Estevao Chempionlar Ligasi rekordini o'rnatdi
18 yoshli \"Chelsi\" vingeri Estevao Villian Chempionlar Ligasi guruh bosqichining to\'rtinchi turida \"Qorabog\'\" darvozasini ishg\'ol qilib, rekord o\'rnatdi. U uchrashuvning 16-daqiqasida hisobni ochdi va o\'yin yakunida uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo\'lga kiritdi.

Squawka ma\'lumotlariga ko\'ra, Estevao Chempionlar Ligasida 18 yosh yoki undan kichik yoshda ketma-ket ikki o\'yinda gol urgan birinchi Janubiy Amerika futbolchisiga aylandi. U bundan avvalgi o\'yinda Amsterdamning \"Ayaks\" jamoasi darvozasiga ham gol urgandi.

Estevao joriy yil yozida Braziliyaning \"Palmeyras\" klubidan \"Chelsi\"ga 45 million yevro evaziga o\'tgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.