Bernardu Silva Chempionlar ligasidagi 100-oʻyinini oʻtkazdi


Manchester Siti yarim himoyachisi Bernardu Silva Chempionlar ligasidagi oʻyinlar sonini 100 taga yetkazdi. Bu natijaga u \"Borussiya\"ga qarshi oʻyinda, ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushgan holda erishdi.
UEFAning asosiy klub turnirida oʻtkazgan avvalgi 99 oʻyinida Silva 17 ta gol urdi va 13 ta golli uzatma amalga oshirdi. Bernardu Silva 2017 yil yozida \"Monako\"dan \"Manchester Siti\"ga oʻtgan edi.
Chempionlar ligasining ushbu bahsida \"Manchester Siti\" \"Borussiya\" ustidan 3:1 hisobida oldinda boʻlgan va Silva oʻyinga shu hisobda qoʻshilgan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













