Realda kuchli raqiblarga qarshi muammo bor

Madridning "Real" klubi yaqinda Chempionlar Ligasi doirasidagi o‘yinda "Liverpul"ga minimal hisobda (0:1) mag‘lub bo‘ldi. "Enfild" stadionidagi mag‘lubiyatdan so‘ng, Marca nashri xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" rahbariyati kuchli raqiblarga qarshi o‘yinlarda yuzaga kelayotgan muammolardan xavotirga tushgan.
Bu tendensiya Karlo Anchelotti davridayoq kuzatilgan edi: Madrid grandi yuqori saviyadagi raqiblarga qarshi o‘yinlarda ko‘pincha muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Hozirgi bosh murabbiy Xabi Alonso boshchiligida "Real" pastroq darajadagi jamoalarga qarshi o‘yinlarda samarali natijalar ko‘rsatayotgani e’tirofga loyiq, biroq muhim uchrashuvlarda hali ham qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Bunga sentabr oyidagi "Atletiko" bilan derbi (2:5) va yaqinda Angliyada bo‘lib o‘tgan o‘yin misol bo‘la oladi. Xabi Alonso joriy yilning iyun oyida bosh murabbiy lavozimini egallagan.
"Real" hozirda La Liga turnir jadvalida 11 turdan so‘ng 30 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda va "Barselona"ni besh ochkoga ortda qoldirgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Bu tendensiya Karlo Anchelotti davridayoq kuzatilgan edi: Madrid grandi yuqori saviyadagi raqiblarga qarshi o‘yinlarda ko‘pincha muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Hozirgi bosh murabbiy Xabi Alonso boshchiligida "Real" pastroq darajadagi jamoalarga qarshi o‘yinlarda samarali natijalar ko‘rsatayotgani e’tirofga loyiq, biroq muhim uchrashuvlarda hali ham qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Bunga sentabr oyidagi "Atletiko" bilan derbi (2:5) va yaqinda Angliyada bo‘lib o‘tgan o‘yin misol bo‘la oladi. Xabi Alonso joriy yilning iyun oyida bosh murabbiy lavozimini egallagan.
"Real" hozirda La Liga turnir jadvalida 11 turdan so‘ng 30 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda va "Barselona"ni besh ochkoga ortda qoldirgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













