Kayrat futbolchisi: 'Interni magʻlub etish mumkin edi'


Kayrat klubining markaziy yarim himoyachisi Damir Kasabulat yaqinda boʻlib oʻtgan Interga qarshi oʻyinni sharhlab oʻtdi. Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining toʻrtinchi turida boʻlib oʻtgan uchrashuvda \'neradzurri\' 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.
\'Bu yaxshi oʻyin boʻldi, lekin, albatta, durang oʻynashni xohlagandik. Biz oʻz kuchimizga ishondik va maydonga raqibni yengish fikri bilan chiqdik.
Bu jamoani magʻlub etish mumkin edi\', – dedi futbolchi Asnews.kz nashriga bergan intervyusida. Mazkur oʻyindan soʻng Qozogʻistonning Kayrat klubi Chempionlar Ligasi jadvalida bir ochko bilan 34-oʻrinni egallab turibdi.
Inter esa 12 ochko bilan uchinchi pogʻonada joylashgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













