Pochettino APLga qaytishni rejalashtirmoqda

Pochettino APLga qaytishni rejalashtirmoqda
Maurisio Pochettino hozirda AQSh milliy terma jamoasini boshqarib, jamoani o‘z uyidagi jahon chempionatiga tayyorlamoqda. Kelajakda argentinalik mutaxassis yana Angliya Premer-ligasida ishlashni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

"Premer-liga dunyodagi eng yaxshi liga. Albatta, men u yerda ishlashni sog‘indim.

Amerikada juda baxtliman, ammo bir kun kelib Premer-ligaga qaytaman deb o‘ylayman. Bu eng raqobatbardosh liga", - deya ta’kidladi Pochettino BBC Sportga bergan intervyusida.

Avvalroq Maurisio Pochettino Angliyada "Sautgempton", "Tottenxem" va "Chelsi" jamoalarini boshqargan edi. AQSh terma jamoasi murabbiyligiga u 2024 yilning kuzida tayinlangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.