Amorim: Biz jamoa sifatida yaxshiroq bo'ldik

Amorim: Biz jamoa sifatida yaxshiroq bo'ldik
Shanba kuni Angliya Premer-ligasida "Tottenhem" va "Manchester Yunayted" o'zaro to'qnash keladi. So'nggi bor ushbu jamoalar Yevropa Ligasi finalida uchrashgan edi va o'shanda "shporlar" 1:0 hisobida zafar quchgan edi.

"Qizil iblislar" bosh murabbiyi Ruben Amorim o'sha kundan beri nimalar o'zgargani haqida o'z fikrlarini bildirdi. "Biz jamoa sifatida yaxshilanib borayapmiz.

O'yinni yaxshiroq tushunamiz va o'zimizga bo'lgan ishonch ham oshgan. Yevropa Ligasi finalida ham g'alaba qozonishimizga ishongan holda maydonga chiqqandik.

Ammo hozirgi ishonch butunlay boshqacha", - dedi Amorim payshanba kungi matbuot anjumanida. "Tottenhem" va "Manchester Yunayted" o'rtasidagi Angliya chempionati uchrashuvi 8-noyabr kuni Moskva vaqti bilan soat 15:30 da boshlanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.