Ronaldu: "Fergyuson doim yuragimda qoladi"


“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z vaqtida \"Manchester Yunayted\" jamoasida birga ishlagan Aleks Fergyuson haqida fikr bildirdi. \"Aleks Fergyuson bilan hali ham muloqotdamisan?\" degan savolga Ronaldu shunday javob berdi: \"Men uni Manchesterda bo‘lib o‘tgan Chempionlar Ligasi finalida ko‘rdim.
Oldinroq biz ko‘proq muloqot qilardik – u hatto men bilan choy ichgani uyga kelgan. U choyni sut bilan ichadi.
U juda yaxshi inson. Fergyuson har doim mening yuragimda qoladi.
U menga hayotimda ham, faoliyatimda ham katta yordam bergan”, – dedi Ronaldu Pirs Morgan bilan suhbatda. Ma’lumot uchun, ser Aleks Fergyuson 2013 yilda nafaqaga chiqqan.
Shotlandiyalik mutaxassis \"Manchester Yunayted\" jamoasida qariyb 27 yil davomida faoliyat olib borgan.













