Kurtua Trentga nisbatan tanqidlarga munosabat bildirdi

Kurtua Trentga nisbatan tanqidlarga munosabat bildirdi

Kurtua Trentga nisbatan tanqidlarga munosabat bildirdi
Madridning \"Real\" jamoasi darvozaboni Thibaut Kurtua \"Liverpul\" muxlislarining himoyachi Trent Aleksander-Arnoldga nisbatan salbiy munosabatlariga izoh berdi. UEFA Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi o\'yinlarida Trentga nisbatan tanqidlar ko\'paygan edi.

\"Trent \"Liverpul\"dan \"Manchester Yunayted\" kabi ashaddiy raqibga oʻtib ketmagan. U hozir \"Real\" safida toʻp surmoqda.

Men muxlislardan unga hurmat bilan munosabatda boʻlishlarini va klub uchun qilgan barcha ishlari uchun minnatdor boʻlishlarini soʻrar edim\", — dedi belgiyalik darvozabon beIN Sportsga bergan intervyusida. Trent Aleksander-Arnold \"Liverpul\" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

U 2025-yil yozida \"Real\" safiga oʻtgan. 27 yoshli himoyachi \"qirollik\" klubi bilan olti yillik shartnoma imzolagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.