Lamin Yamal muxlislar hushtagini izohladi

Lamin Yamal muxlislar hushtagini izohladi
“Barselona” futbolchisi Lamin Yamal Chempionlar Ligasi doirasida “Bryugge”ga qarshi o‘yinda (3:3) muxlislar tomonidan hushtakbozlikka uchragani haqida fikr bildirdi. Belgiyalik muxlislar 18 yoshli ispaniyalik futbolchini iliq kutib olishmaganiga qaramay, Yamal uchrashuvning 61-daqiqasida gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

"Muxlislarning hushtagi? Ular mening muhimligimni anglaganlari uchun shunday qilishadi.

Agar oddiy futbolchi bo‘lganimda, bunday bo‘lmas edi", dedi Yamal o‘yindan so‘nggi intervyusida. Lamin Yamal joriy mavsumda “Barselona” safida barcha turnirlarda 10 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yakshanba kuni Xans-Diter Flik jamoasi La Liga doirasida “Selta”ga qarshi bahs olib boradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.