De Yong: Yamal bizni tashvishga solmaydi

De Yong: Yamal bizni tashvishga solmaydi
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong Chempionlar Ligasi doirasida "Bryugge"ga qarshi o'yinda (3:3) gol urgan Lamin Yamal haqida fikr bildirdi. "Yamal o'zini yaxshi ko'rsatdi.

U ajoyib futbolchi, alohida iste'dodga ega. U har doim o'yinda farq yaratishi mumkin.

Ba'zan u bir o'yinda boshqasiga qaraganda kuchliroq o'ynashi tabiiy. Agar u ishlashda davom etsa, hech narsadan xavotir olishimizga hojat yo'q", – dedi de Yong Movistar telekanaliga.

Endi "Barselona" Ispaniya chempionati doirasida "Selta"ga qarshi safar o'yiniga tayyorgarlik ko'radi. Ushbu uchrashuv yakshanba, 9-noyabr kuni bo'lib o'tadi.

Ayni paytda kataloniyaliklar turnir jadvalida peshqadam "Real"dan 5 ochkoga ortda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.