Seriya Ada oyning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Seriya Ada oyning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Italiya Seriya A chempionatida oktabr oyining eng yaxshi futbolchisi eʼlon qilindi. Ushbu mukofotga "Napoli" jamoasi yarim himoyachisi Andre-Frank Zambo-Angissa sazovor boʻldi.

Bu haqda liga matbuot xizmati xabar berdi. Oʻtgan oyda Zambo-Angissa Italiya chempionatida toʻrtta oʻyinda maydonga tushdi.

Kamerunlik yarim himoyachi "Inter" va "Letchche" jamoalari darvozasiga ikkita gol urishga muvaffaq boʻldi. 10 turdan soʻng, "Napoli" Seriya A turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.

Jamoa hisobida 22 ochko bor. "Inter", "Milan" va "Roma" klublarida esa 21 ochkodan toʻplangan.

"Napoli" navbatdagi oʻyinini 9-noyabr kuni safarda "Bolonya" jamoasiga qarshi oʻtkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.